» » Toshkentdagi sobiq TAPOiChni modernizatsiya qilishga 15 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Toshkentdagi sobiq TAPOiChni modernizatsiya qilishga 15 mlrd so‘m yo‘naltiriladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 2017-yil “Toshkent mexanika zavodi” AJ (sobiq TAPOiCh)ni modernizatsiya qilish uchun qariyb 15 milliard so‘mga teng mablag‘ yo‘naltiradi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘ davlat hisobidan 2014-yil (5,2 milliard so‘m) va 2015-yil (9,5 milliard so‘m) dividendlari hisoblanadi.

Yaqin yillarda mazkur zavodda yuk vagonlari – sement va mineral tashuvchilar, yarim vagonlar, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari, muzlatgichli konteynerlar va seksiyalar, 40 va 20 futli konteynerlarni hamda turli ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Rejalarga muvofiq, 2017-yilda zavodda 6000 ta bolalar aravachasi, 2000 ta samokat va bolalar velosipedi ishlab chiqariladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 09:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют