» » Suriyada koalitsiyaning aviazarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Suriyada koalitsiyaning aviazarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning harbiy-havo kuchlari Suriyadagi Dayr-az-Zaur shahri yaqiniga bergan aviazarbasi oqibatida besh nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” Al Jazeera telekompaniyasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviazarbalar terrorchilarning taxminiy pozitsiyasiga, shaharning sharqiy qismidagi Al-Quriya punktiga amalga oshirilgan. AQSh Mudofaa vazirligi hozircha tinch aholi halok bo‘lgani haqidagi xabarni rasman tasdiqlamadi.

Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Suriyada xavfsiz hududlarni yaratish bo‘yicha memorandum kuchga kirgan edi. Hujjatni Suriya muzokaralari ishtirokchilari — Rossiya, Eron va Turkiya — 4-may kuni Ostonadagi uchrashuvda imzolagandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют