» » Oq uy: Tramp terrorizmga qarshi yahudiylar va musulmonlarni birlashtirishga harakat qilib ko‘radi

Oq uy: Tramp terrorizmga qarshi yahudiylar va musulmonlarni birlashtirishga harakat qilib ko‘radi


AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi general Gerbert Makmaster Amerika yetakchisi terrorizmga qarshi yahudiylar, musulmonlar va xristianlarni birlashtirishga harakat qilib ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Makmasterning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti o‘zining Saudiya Arabistoni, Isroil va Italiyaga tashrifi chog‘ida xalqaro xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

“Tramp Amerika va Isroilning uzilmas aloqalarini tasdiqlaydi”, — dedi davlat rahbarining yordamchisi. Shuningdek, Makmaster Tramp Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, AQShda terrorizmga qarshi yangi harakat strategiyasi taqdim qilingandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют