» » Qirg‘iziston janubidagi tog‘ daryolarida suv sathining ko‘tarilishi tufayli favqulodda holat tartibi e’lon qilindi

Qirg‘iziston janubidagi tog‘ daryolarida suv sathining ko‘tarilishi tufayli favqulodda holat tartibi e’lon qilindi


Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod viloyatining Avletim qishloq okrugida tog‘ daryolarida suv sathining ko‘tarilishi tufayli favqulodda holat tartibi e’lon qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“11—12-may kunlari haroratning keskin ko‘tarilishi va tog‘larda qor erishi tufayli Avletim daryosi sathi ko‘tarildi hamda Baykashka-Terak va Orol qishloqlaridagi uylarni suv bosishi xavfi tug‘ildi. Shuningdek, Cho‘ngtosh hududida daryoning 67 xonadonga olib boruvchi ko‘prik o‘ng tarafini yuvib keta boshladi. Mazkur vaziyat tufayli Avletim kishloq okrugida favqulodda holat tartibi joriy etildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Suv bosish xavfi tufayli 15 xonadonda yashovchi aholi evakuatsiyasi haqida qaror qabul qilindi. FVV mutaxassislari mahalliy rasmiylar bilan hamkorlikda qirg‘oqni himoyalash ishlarini olib bormoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют