» » Namangandagi “Mahorat maktabi”da o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama etildi

Namangandagi “Mahorat maktabi”da o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama etildi


Namangan shahridagi 15-maktabda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Kasb tanlovi — baxt tanlovi” mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etildi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Namnews.uz”.

Seminarda mezbonlardan tashqari Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan kelgan mutaxassislar, taxshis markazi rahbarlari, umumta’lim maktablari psixologlari ishtirok etdi. Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, milliy hunarmandchilikka jalb etish, qiziqishlari va iqtidorlari asosida ta’limning keyingi bosqichiga tortish masalalari muhokama etildi.

Viloyatda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha “Mahorat maktabi” etib belgilangan ta’lim dargohiga 2016-yili 12 ta tikuv mashinasi, pazandalik uchun zarur jihozlar o‘rnatildi. Duradgorlik, temirchilik, chilangarlik kasblarini mukammal o‘rganish imkonini beradigan mehnat ta’limi ustaxonalari jihozlandi. Qizlar uchun esa “Zardo‘zlik”, “Mohir qo‘llar”, chevarchilik to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda.

150 nafardan ziyod o‘quvchi ana shu imkoniyatlardan foydalanib, 10 ga yaqin kasb-hunar sirlarini maktabning o‘zida o‘rganyapti. 60 nafardan ortiq o‘quvchi maktab joylashgan hududdagi milliy hunarmandchilik va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida mehnat qilayotgan ustalardan sartaroshlik, kosiblik, tunukasozlik, yog‘ochdan buyumlar yasash sir-asrorlarini o‘zlashtirmoqda.

Seminar doirasida 15-maktab psixologi Zarifa Nazarova hamkasblar uchun trening mashg‘uloti o‘tib berdi. Tadbir qatnashchilari maktab o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan “Osh tanlovi” va “Sartaroshlar” bahsini tomosha qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют