» » Xitoy va Pokiston qariyb 500 mln dollarlik shartnomalar imzoladi

Xitoy va Pokiston qariyb 500 mln dollarlik shartnomalar imzoladi


14–15-may kunlari o‘tadigan “Ipak yo‘li” Pekin xalqaro forumi arafasida Pokiston Xitoy bilan 493 million dollar qiymatdagi shartnomalar imzoladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Aytilishicha, ushbu kelishuvlarning ikkitasi Pokistonning Gvadar shahri hamda Xitoyning Shinjon Uyg‘ur muxtor tumani o‘rtasidagi hamkorlikka oid bo‘lib, ularning umumiy qiymati 333 million dollarni tashkil etadi. Bu shartnomalar muxtor tumanga Arab dengiziga yo‘l ochadi.

Shuningdek, mamlakatlar East Bay Expressway tezkor avtomagistraldan foydalanishda iqtisodiy va texnik kooperatsiya yuzasidan 160 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bu yo‘l Gvadar shahrini Pokistonning qolgan avtomobil yo‘llari tizimi bilan bog‘laydi.

Shartnomalar Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori doirasida imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют