» » Tojikistondagi yagona ozbek teatri: yetti aktyor, dolzarb mavzular va zalni toldiradigan tomoshabinlar (foto)

Tojikistondagi yagona ozbek teatri: yetti aktyor, dolzarb mavzular va zalni toldiradigan tomoshabinlar (foto)


Tojikistonning Sogd viloyati Spitamen tumanida Tojikistondagi yagona ozbek teatri faoliyat korsatadi, deb yozadi Asia-Plus. Ammo u haqda internetdan hech qanday malumot topib bolmaydi. Shu tufayli nashr ushbu tumanga borib, teatr faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shukur Burhonov nomidagi davlat ozbek drama teatri Spitamen tumanida faoliyat boshlaganiga 80 yildan oshdi. Bu yerda barcha spektakllar ozbek tilida qoyiladi, chunki tuman aholisining katta qismi ozbeklar. Ozbek teatri direktori Abduqodir Yahyoyev aytishicha, spektakllar kopi bilan bir oyda ikki marta qoyiladi, va har safar zal tomoshabinga tola boladi.

Teatrda liboslarni ozlari tikishadi, spektakllar uchun rekvizitlarni ham ozlari qilishadi; aktyorlar nafaqaga chiqmoqda, yosh mutaxassislar esa teatrda anchadan buyon kamyob. Biroq ozbek teatri spektakllarida tomoshabinlar zalni toldirib otiradi, buning ustiga, ularning pyesalari ekstremizm va terrorizm kabi dolzarb jamoatchilik muammolarini qamrab oladi.

Hozir teatrda yetti nafar aktyor qoldi. Ularning ortacha yoshi 60 yosh, biz yoshlar bilan ishlashga harakat qilyapmiz, hatto istedodli yoshlarni maxsus oqitishni ham boshladik, ammo ularning hammasi ham professional emas, havaskorlar, deya kadrlar bilan bogliq muammolardan gapirdi direktor.

Uning sozlariga kora, teatr har ikki yilda bir marta Dushanbeda bolib otadigan Parastu teatr festivalida qatnashadi. Tojikiston Respublikasida xizmat korsatgan artist Tamara Abdushukurova ozbek teatrining ushbu festivaldagi ishtirokini tanlangan mavzu va aktyorlar ijrolarini maqtadi hamda Tojikiston uchun noyob bolgan va ozbek tomoshabinlar uchun yagona bolgan kollektivni saqlab qolishga chaqirdi.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (14-05-2017, 09:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -