» » Amerikalik erkak bepul pitssani deb qorli po‘rtana vaqtida toqqa chiqdi va sovuqda qotib qoldi

Amerikalik erkak bepul pitssani deb qorli po‘rtana vaqtida toqqa chiqdi va sovuqda qotib qoldi


AQShning Arizona shtati Flagstaff shahridagi Pizzicletta pitsseriyasi 6-may kuni tanlov haqida e’lon qildi. Arizonada joylashgan balandligi qariyb 2,8 ming metr Elden tog‘ini zabt etgan har bir kishi bepul pitssa olishi shart qilib belgilandi. Buning uchun xohlovchilar cho‘qqidagi radiominoraga chiqishi va ma’lum vaqtda maxsus kupon olishi kerak, deb yozadi TJournal.

Aksiya 21 kun davom etadi. Bepul pitssani qo‘lga kiritish uchun cho‘qqiga har kuni bir necha guruh odamlar chiqmoqda.

9-may kuni mahalliy pitsseriya shartini Flagstaffning 30 yoshli fuqarosi bajarishga urindi. Amerikalik erkak mayka va shortik kiyib, Elden cho‘qqisini zabt etishga kirishdi. Biroq o‘sha kuni ob-havo birdan yomonlashdi. Qor po‘rtanasi ko‘tarildi, 12 santimetrli qor yog‘di va havo harorati pasayib ketdi.

Kokonino okrugi sherifi Reks Jillilandning qayd etishicha, erkak havo o‘zgarishi haqida yo bilmagan, yoki shunga qaramay maqsadi sari harakatlanishda davom etgan.

Eldenga chiqish vaqtida ob-havo yomonlashishda davom etdi. Natijada Flagstaff fuqarosi tog‘da qolib ketdi va yordamga chaqira boshladi. Sovuqda qotib qolgan erkakni o‘rmonlarni qo‘riqlash xizmati xodimi topdi va qutqaruvchilar kelguniga qadar isinishga olib ketdi. Amerikalik erkak yomon havo sharoiti bo‘lishicha qaramay, o‘z vaqtida bepul pitssa kuponini qo‘lga kiritish harakatini davom ettirganini aytdi.

Sayohatchi gipotermiyaga (sovuqda qotib qolish) uchradi, lekin uning ahvoli tezda yaxshilandi. Sherifning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisada pitsseriyani ayblash noto‘g‘ri, chunki mas’uliyat shartni bajarishga qaror qilgan har bir kishining zimmasida turadi.

Pizzicletta asoschisi bepul pitssa uchun cho‘qqiga chiqadiganlar bu ishni amalga oshirish oldidan ob-havoni tekshirishiga umid bildirdi. Elden tog‘iga chiqqan erkak yakunda bepul pitssa oldimi yoki yo‘q, ma’lum qilinmagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют