» » BAA sog‘liqni saqlash vazirligi 6 turdagi qalbaki dori vositalarini qo‘llashdan ogohlantirdi

BAA sog‘liqni saqlash vazirligi 6 turdagi qalbaki dori vositalarini qo‘llashdan ogohlantirdi


BAA Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi tarkibida noma’lum moddalar bo‘lgan oltita qalbaki dori vositalarini qo‘llashdan ogohlantiradi. Mazkur noma’lum moddalar qon bosimining keskin pasayib ketishiga olib kelishi, shuningdek, yurak va qandli diabet kasalliklari mavjud bemorlar, yog‘ miqdori baland, ayniqsa tarkibida nitrat bo‘lgan dorilarni qabul qilib kelayotgan kishilar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, deb yozadi UAEInside.

AQSh dori vositalari va mahsulotlarni nazorat qilish boshqarmasining ogohlantirishidan so‘ng vazirlik ushbu vositalarga qarshi oltita sirkulyar chiqardi.

Birinchi mahsulot, Tornado tarkibida, AQSh dori vositalari va mahsulotlar nazorati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, nortadalafil moddasi mavjud.

Ikkinchi mahsulot, Xrect ikkita noma’lum modda: tadalafil va deskarbenildennafilni o‘z ichiga oladi.

Uchinchi mahsulot Z Daily tarkibida gomosuldenafil bor.

To‘rtinchi mahsulot Big N tadalafilga ega.

Beshinchi mahsulot Cummor and Monkey Business tarkibida Ndesmethyl tadalafil moddasi mavjud.

Ushbu moddalar xavf guruhida bo‘lgan yuqoridagi bemorlar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют