» » Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etmoqda

Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etmoqda


Pekin shahrida xalqaro hamkorlik bo‘yicha “Bir makon, bir yo‘l” forumi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Asosiy tashabbuskori Xitoy bo‘lgan ushbu loyiha ikki va ko‘p tomonlama aloqalar mexanizmlarini yanada mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modellarini shakllantirish va ilgari surishni nazarda tutadi.

Bu loyihada O‘zbekistonning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan mamlakat davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda katta o‘rin tutgan.

Forumda 30 ga yaqin mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, 130 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Anjumanda BMT Bosh kotibi, Jahon banki prezidenti va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashmoqda.

Forumni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ochdi. Xitoy rahbari forumda ishtirok etayotgan barcha davlat rahbarlariga minnatdorlik bildirib, mazkur loyihaning ahamiyati, maqsad va vazifalar haqida so‘zladi.

“Bir makon, bir yo‘l” har bir davlatning o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirish, savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют