» » “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston 7-o‘rinda. Rio—2016 da esa o‘zbekistonliklar peshqadam bo‘lgandi

“Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston 7-o‘rinda. Rio—2016 da esa o‘zbekistonliklar peshqadam bo‘lgandi


Boku mezbonlik qilayotgan va to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan “Islom birdamligi sport o‘yinlari”da O‘zbekiston delegatsiyasi 1 tadan oltin-kumush va 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Peshqadamlik kurashi asosan mezbon Ozarbayjon hamda Turkiya delegatsiyasi o‘rtasida kechmoqda. O‘zbekistondan oldingi pog‘onalarda shuningdek Indoneziya, Jazoir, Eron va Iordaniya termalari ham bor.

Ma’lumot uchun, “Islom birdamlik o‘yinlari”da jami 54 mamlakat sportchilari ishtirok etmoqda. Rio—2016 Olimpiadasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi mana shu 54 mamlakatning barchasidan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgandi.

Rio Olimpiadasida asosiy medallar bokschilar tomonidan qo‘lga kiritilgandi. Bokudagi festivalga O‘zbekiston boks federatsiyasi zaxira bokschilarini yuborgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют