» » Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

O‘zbekiston rahbari ushbu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Turkiya rahbari O‘zbekiston bilan munosabatlarni xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan yuksak darajaga ko‘tarish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bilan Turkiya savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda 2016-yil 18-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Ikki tomon uchun ham manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют