» » Hindiston Pekindagi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etmaslikka qaror qildi

Hindiston Pekindagi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etmaslikka qaror qildi


Hindiston Pekinda o‘z ishini boshlagan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mamlakat Nyu-Dehli va Islomobod o‘rtasida bahs mavzusiga aylangan va Pekin taklif etayotgan loyihaning bir qismi bo‘lgan Gilgit-Baltiston hududidan o‘tuvchi Xitoy—Pokiston iqtisodiy yo‘lagiga qarshi ekanligini bildirdi.

“Birlashtiruvchi loyihalar suverenitet va hududiy yaxlitlik hurmat qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Hech bir mamlakat ular inkor etilgan loyihalarda ishtirok etishga qo‘shilmaydi”, — ta’kidladi Hindiston TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy rahbari Si Szinpin “Davlatlar bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, ijtimoiy taraqqiyot yo‘li, tub manfaatlari va tashvishlarini hurmat qilishi zarur”ligini ma’lum qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют