» » Yevropol rahbari xakerlar hujumidan 200 ming kishi zarar ko‘rganini aytdi

Yevropol rahbari xakerlar hujumidan 200 ming kishi zarar ko‘rganini aytdi


Xakerlar hujumi oqibatida 150 mamlakatda 200 ming kishi va ko‘plab tashkilotlar zarar ko‘rdi. Bu haqda Yevropa politsiya agentligi (Yevropol) rahbari Rob Ueynrayt ma’lumot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Shu bilan birga, uning aytishicha, juda oz sonli odamlar xakerlarga pul o‘tkazib bergan.

“Barcha sektorlardagi tashkilotlar jiddiy tarzda xavfsizlik choralari ko‘rishi lozim”, — ta’kidladi Ueynrayt.

“Ayni paytda biz xavf-xatar o‘sayotgan bir vaziyatda turibmiz. Zarar ko‘rganlar soni ko‘paymoqda. Odamlar 15-may (dushanba) kuni ishga kelib kompyuterlarini yoqqanida ularning soni yanada o‘sishidan xavotirdaman”, — qo‘shimcha qildi Yevropol rahbari.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют