» » Malika Diananing sobiq oshig‘i yurak xurujidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi

Malika Diananing sobiq oshig‘i yurak xurujidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi


Marhum malika Diananing sobiq oshig‘i — britaniyalik sobiq zobit Jeyms Xyuitt insult va yurak xurujiga uchrab, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda, The Daily Telegraph nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Aytilishicha, 58 yoshli sobiq harbiy jarrohlik amaliyotidan so‘ng intensiv terapiya bo‘limida parvarish qilinmoqda.

“Barchasi juda jiddiy bo‘ldi, ammo, umid qilamanki, hozir hammasi joyida. U tuzalmoqda, hozir Ekseterga o‘tkazildi”, — dedi Xyuitt oilasining yaqin do‘sti.

Bir muddat ilgari Xyuitt Sunday Night dasturiga intervyu berib, Diananing kichik o‘g‘li — shahzoda Garrining biologik otasi ekanligi haqidagi mishmishlarni inkor qilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют