» » O‘zbekistonning Markaziy Osiyo suv resurslaridan foydalanishda tayanadigan tamoyillar nimalardan iborat?

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo suv resurslaridan foydalanishda tayanadigan tamoyillar nimalardan iborat?


O‘zbekiston Markaziy Osiyo suv resurslaridan foydalanish masalasi mazkur resurslarning oqilona va adolatli taqsimlanishini kafolatlovchi, mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini ta’minlovchi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq ko‘rib chiqilishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Hozirda transchegaraviy daryolar quyi qismida joylashgan Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi O‘zbekiston ham suv resurslarining jiddiy tanqisligiga duch kelayotganini hisobga olib, o‘zbek tomonining Markaziy Osiyo transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha nuqtai nazari quyidagilardan iborat:

Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslaridan foydalanish masalalari mintaqaning barcha mamlakatlarida istiqomat qiluvchi 60 milliondan ortiq aholi manfaatlaridan kelib chiqib hal etilishi lozim;

Transchegaraviy daryolarda amalga oshirilayotgan har qanday harakatlar mintaqaning mavjud ekologik va suv balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi zarur;

Suvdan foydalanish va ekologiya sohasidagi amaldagi xalqaro-huquqiy baza Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari resurslaridan birgalikda foydalanishning samarali tizimi qurilishi poydevoriga aylanishi talab etiladi;

Loyihalar boshqa davlatlar manfaatlariga zarar yetkazilmaydigan va ikki zarur shart: tomonlar kelishgan suv balansi kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik va mintaqa ekologik balansini buzmaslik kafolatlanadigan konstruktiv yondoshish va murosa asosida amalga oshirilishi kerak.

O‘zbek tomoni Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik ruhida yuqoridagi tamoyillar asosida hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют