» » Yevropol rahbari pul talab qiladigan virus qurbonlari soni keskin oshishi haqida xabar berdi

Yevropol rahbari pul talab qiladigan virus qurbonlari soni keskin oshishi haqida xabar berdi


15-may kuni ertalab WanaCryptor 2.0 tovlamachi virusi qurbonlari soni keskin oshishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Yevropol direktori Rob Ueynrayt ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

“Biz kuchayib borayotgan xavf bilan yuzma-yuz bo‘lyapmiz. Virusdan jabrlanganlar soni oshib bormoqda. Ularning miqdori dushanba kuni ertalab odamlar ishga kelib, kompyuterini yoqqanida bundan-da tez suratda ko‘payib ketishidan qo‘rqyapman”, — dedi Ueynrayt.

Yevropol rahbari virus tarqalishini aql bovar qilmas hodisa deb atadi. U ushbu kiberhujum ortida kim turganini Yevropol bilmasligini qayd etdi.

“So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu virus qurbonlari soni kamida 150 mamlakatda 200 mingdan ziyodga yetgan. Ularning ko‘pchiligi korxonalar, shu jumladan, yirik korporatsiyalar”, — deb qo‘shimcha qildi Ueynrayt.

Ma’lumot o‘rnida, axborotni shifrlab, u uchun pul so‘raydigan WanaCryptor 2.0 virusi 12-maydan boshlab tez tarqala boshladi. O‘sha kungi ma’lumotlarda virus 74 mamlakatda o‘n minglab kompyuterlarga hujum qilgani aytilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-05-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют