» » APL. Liga bilan xayrlashgan barcha jamoa nomi aniq. “Yunayted” Londonda imkoniyatni boy berdi

APL. Liga bilan xayrlashgan barcha jamoa nomi aniq. “Yunayted” Londonda imkoniyatni boy berdi


Angliya Premyer-ligasida 37-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Uning birinchi kunidan keyin Londonning “Chelsi” klubi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchisida “Suonsi” zafar quchib, bir oyog‘i bilan APLda jon saqlab qolgandi.

Turning uchinchi kunida elita bilan xayrlashgan uchinchi jamoa nomiga ham oydinlik kiritildi — “Xall Siti”. “Yo‘lbarslar” London “burgutlari” oldida ojiz qoldi va navbatdagi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadigan bo‘ldi. Bunga qadar “Midlsbro” va “Sanderlend” klublari ham quyi ligaga ravona bo‘lgandi.

Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” futbolchilari mazkur turda Slaven Bilich “Vest Hem”ini tiz cho‘ktirishga muvaffaq bo‘ldi. G‘alaba “mersisayd” klubini turnir jadvalida 3-o‘ringa olib chiqdi.

Turning markaziy o‘yinida “Tottenhem” Yevropa ligasining finaliga qadar yetib kelgan “Manchester Yunayted”ni taslim qildi va kumush medallarni naqd qildi. O‘tgan mavsum Maurisio Pochettino jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Bir mavsum ichida ko‘rsatkich bittaga yaxshilandi.

Angliya Premyer-ligasi
37-tur bellashuvlari
14-may, yakshanba

Gollar: Uilfrid Zaxa, 3 (1:0). Kristian Benteke, 34 (2:0). Luka Milivoyevich, 85-pen (3:0). Patrik van Anxolt, 90 (4:0).

Gollar: Daniel Starrij, 35 (0:1). Filippe Koutinyo, 57 (0:2). Filippe Koutinyo, 62 (0:3). Divok Origi, 76 (0:4).

Gollar: Viktor Vanyama, 6 (1:0). Harri Keyn, 48 (2:0). Ueyn Runi, 71 (2:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют