» » OAV: Bosniyada Melaniya Trampning haykalini o‘rnatishmoqchi

OAV: Bosniyada Melaniya Trampning haykalini o‘rnatishmoqchi


Shimoliy Bosniyada AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning haykalini o‘rnatishmoqchi. Bu haqda Sarajevo Times’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlangan haykalni Banya-Luka shahridagi oyoq kiyim farbikasi oldiga o‘rnatishmoqchi. Bunday tashabbus mahalliy deputat, fabrikaning texnik direktori Mariko Umitsevichdan chiqdi.

Taxminlarga ko‘ra, Melaniya Trampning haykali tabiiy kattalikda tayyorlanadi, uning muallifi esa avvalroq Vladimir Putin va Donald Trampning haykallarini yasagan haykaltarosh Stevo Selak bo‘ladi.

Umitsevichning so‘zlariga ko‘ra, Melaniyaning haykalini shu yilning 20 iyuniga qadar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. U gipsdan yasaladi va 50 yillik kafolatga ega bo‘ladi. Deputat “gipsli Melaniya” qanday ko‘rinishda bo‘lishini ham aniqlab olgani ta’kidlanmoqda.

Mahalliy deputat, shu tariqa, Bosniya va AQShning do‘stona munosabatlariga o‘z hissasini qo‘shib, AQSh yetakchisining turmush o‘rtog‘ini Banya-Lukaga taklif qilmoqchi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют