» » Suriya qo‘shinlari Aleppodan sharqdagi harbiy aerodromni nazorati ostiga qaytardi

Suriya qo‘shinlari Aleppodan sharqdagi harbiy aerodromni nazorati ostiga qaytardi


Suriya armiyasi askarlari Aleppodan sharqdagi (Damashqdan 360 kilometr masofada) al-Jarax harbiy aerodromidan IShID terrorchilarini surib chiqardi. Bu haqda Syria Al An yangiliklar portali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Suriya Harbiy-havo kuchlarining Frotdagi Asad suv ombori yaqinidagi sobiq aviabazasi shiddatli janglardan so‘ng ozod qilinganligi ma’lum qilinmoqda.

Hukumat kuchlari, shuningdek, bir nechta qo‘shni qishloqlarni ham IShID guruhidan ozod qildi.

Frontning mazkur qismida suriyalik harbiy xizmatchilar oxirgi uch oy ichida 170 ta aholi turar-joyini ozod qildi. Qo‘shinlar hozirda harbiy aerodromdan besh kilometr masofada joylashgan va IShIDning suv omboridagi oxigi tayanchi hisoblangan Meskenga hujum qilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют