» » Pentagon sobiq rahbari: Tramp davrida Rossiya va AQShning o‘zaro munosabatlari keskinlashdi

Pentagon sobiq rahbari: Tramp davrida Rossiya va AQShning o‘zaro munosabatlari keskinlashdi


AQShning sobiq Mudofaa vaziri Robert Geyts CBS News telekanaliga bergan intervyusida Donald Tramp prezidentlikka saylangach Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Mening fikrimcha, odamlarni hayron qoldirgan narsalardan biri — saylovlardan keyin AQSh va Rossiya orasidagi munosabatlarning yomonlashgani”, — dedi Geyts. Shuningdek, Geyts Oq uyda Xitoy va Rossiya nisbatan “hayratlanarli keskinlik” bor ekanligini qo‘shimcha qildi.

Geyts AQSh ma’muriyatining Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini izohladi. Uning aytishicha, sovet tashqi ishlar vazirlari “eskirgan qarashlari asosida muntazam kelib turishgan”, shunday ekan uchrashuvning o‘zi “u qadar katta ish emas”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 10-may, chorshanba kuni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan muzokaralar olib borgan, shundan so‘ng uni prezident Donald Tramp qabul qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют