» » Yugurish paytida noqulay oyoq kiyim keltirib chiqaradigan shikastlanishlar

Yugurish paytida noqulay oyoq kiyim keltirib chiqaradigan shikastlanishlar


Yugurishda oyoq kiyimning qulayligi juda muhim hisoblanadi. Agar siz krossovkani noto‘g‘ri tanlasangiz, yugurish tizzalarda, oyoqning tagida va to‘piqlarda bir talay o‘ng‘aysizliklar keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaziyatda yugurish hatto jiddiy shikastlanish bilan tugashi ham mumkin.

Tizza kosasida bir maromdagi og‘riq xuruji “yuguruvchi tizza” deb ataluvchi femoro-patellyar artrozi kasalligi belgisi ham bo‘lishi mumkin. Uni noqulay oyoq kiyimini kiyganda tovonning doimiy yerga urilishi keltirib chiqaradi. Agar sizda bunday holat yuz bersa, yallig‘lanishga qarshi vositalar og‘riqni qoldirishga yordam beradi.

Tovon paylari tovonni oyoqning pastki mushaklari bilan bog‘lab turadi. Shikastlanishni yassi oyoqlik, og‘irlikning keskin oshishi va oyoq kiyimini noto‘g‘ri tanlash keltirib chiqarishi mumkin. Buni muntazam ravishda tortilish yordamida davolash mumkin.

Bu oyoq kafti to‘qimalarining qo‘zg‘alishi yoki yallig‘lanishidir. Buning sabablaridan biri — oyoqni hamma tomondan yaxshi tutib turmaydigan oyoq kiyimi.

Bu ro‘yxatdagi eng yoqimsiz shikastlanishlardan biridir. Bunday lat yeyish katta boldir mushaklarining haddan tashqari zo‘riqishi natijasida yuz beradi. Maxsus shokka qarshi pataklar yordamida shikastlanishning oldini olish mumkin.

Bu shikastlanish ko‘proq sakrovchilar va uzoq masofaga yuguruvchilarda yuz beradi. Oyoq mushaklarini chiniqtirish va oyoq kiyimini to‘g‘ri tanlash bunday lat yeyish xavfini kamaytirishi mumkin.

Qadoqlar oyoq kaftining poyabzalga ishqalishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunda teri ustki qavatida og‘riq va noqulaylik keltirib chiqaruvchi pufakchalar hosil bo‘ladi. Qadoqlarga qarshi kurashishning eng yaxshi usuli — ularning paydo bo‘lishi oldini olish. Bunda qulay va yumshoq oyoq kiyimi yordam beradi.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 12:58)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют