» » Qozog‘iston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchiligini saqlab qolishi bildirildi

Qozog‘iston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchiligini saqlab qolishi bildirildi


Qozog‘iston dunyo bozoridagi murakkab vaziyatga qaramay, uran qazib olish bo‘yicha yetakchilik mavqeyini saqlab qolish niyatida. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Kanat Bozumbayev parlament quyi palatasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Bozorda uran keragidan ortiqligi 2020-yilgacha saqlanib qolishi va buning oqibatida narxlarning o‘zgaruvchanligi, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi kutilmoqda. Shunday murakkab vaziyatga qaramay, Qozog‘iston dunyo bozoridagi yetakchilik mavqeyini saqlab qolish niyatida”, — deya ta’kidladi Kanat Bozumbayev. 

Vazirga ko‘ra, Qozog‘iston 2009-yilda uran qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi va buni hozirga qadar saqlab kelmoqda.

2016-yilda mamlakatda uran qazib olish hajmi 24 ming 689 tonnani tashkil etdi va 2009-yilga nisbatan 76 foizga oshdi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют