» » Toyota uchar avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Toyota uchar avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda


Yaponiyaning Toyota avtokonserni 2019-yil yanvar oyiga qadar boshqariluvchi uchar avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Uni ishlab chiqarishga uch yil davomida 42 million iyena (370 ming dollar atrofida) ajratiladi. Agarda yaratuvchilar guruhi loyiha ustida mustaqil shug‘ullanayotgan, barcha ma’lumotlarni internetdan olayotgan bo‘lsa, endilikda moliyaviy masalalar borasida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.

Uchar avtomobil dronlar tamoyili asosida ikki yonida to‘rttadan qanot bilan jihozlanadi. Konsern uchar avtomobilning bortida odam bilan birinchi parvozini 2019-yilning yanvar oyiga rejalashtirgan. Shuningdek, 2020-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada vaqtida esa olimpiada olovini ushbu avtomobil yordamida yoqish mo‘ljallangan.

Avvalroq, Uber xalqaro taksi xizmatining servisi 2020-yilga qadar uchar avtomobil ishlab chiqarmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют