» » Yozga oyoq kiyim tanlaymiz: 6 ta eng aktual model (foto)

Yozga oyoq kiyim tanlaymiz: 6 ta eng aktual model (foto)


Qiyofangizga hech bir narsa so‘nggi urfdagi poyabzal kabi ko‘rk bera olmaydi. Bu mavsumda  dizaynerlar qulaylikni birinchi o‘ringa qo‘ydi, ammo albatta, latofat haqida ham unutmadi, axir tufli doimo har bir olifta xonimning tashrif qog‘ozi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Maqolada kelayotgan yozning oltita eng aktual poyabzallari bilan tanishishingiz mumkin.

Bunday trend 90-yillar sarqiti deb o‘ylasangiz, qattiq adashasiz. Platformali oyoq kiyimlarni Proenza Schouler, Miu Miu, Gucci va Balmain yangi kolleksiyalarida uchratish mumkin.

Bu mavsumda mustahkam qalin poshna trendda, va eng asosiysi, poshna qanchalik noodatiy bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Shaffof, rangli yoki original shakldagi poshna qiyofangizning yetakchi aksessuari va yorqin urg‘usiga aylanishi mumkin.

Bu mavsum dizaynerlar 60-yillar davriga qaytib, mitti poshnali va orqasi ochiq poyabzallarni tanlashni tavsiya qilmoqda.

Mashhur ispan espadrilyalari issiq O‘rtayer dengizi yozi koloritini aks ettiradi va butun dunyo bo‘ylab ko‘plab trendsetterlar qalbini zabt etishda davom etmoqda. Yengil va qulay poyabzal deyarli har qanday kiyim bilan mos tushadi.

Bog‘ichlar va gladiator bosonojkalar ketma-ket bir necha mavsumdan buyon ommaboplik cho‘qqisida bo‘lib kelmoqda. Bu yoz ularga tasmalar ham qo‘shildi, ular romantik uslubni sevuvchilar uchun ayni muddao. Puant (baletda kiyiladigan oyoq kiyim)ni eslatuvchi trend eng oddiy kundalik qiyofaga ham nazokat baxsh etadi.

Yengil ochiq shippaklarni nafaqat plyajda, balki shaharga xos casual uslubidagi liboslar bilan ham kiyish mumkin, original modellar esa hatto tantanali kechalar uchun ham mos tushadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют