» » O‘zbekistonning xorijdagi sobiq ikki elchisi senatorga aylandi

O‘zbekistonning xorijdagi sobiq ikki elchisi senatorga aylandi


2017-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqargan majlisda Alisher Kurmanov va Botirjon Asadovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

MSK xabariga ko‘ra, qaror Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 2017-yilning 13-may kuni davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan qabul qilindi.

Alisher Kurmanov ilgari O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi, Botirjon Asadov esa O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют