» » Namanganda Xalqaro oila kunida 16 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi o‘tkazildi

Namanganda Xalqaro oila kunida 16 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi o‘tkazildi


Namangan viloyatida 15-may — Xalqaro oila kunida 16 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi va “Eng namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Chortoq tumanidagi “Orom” tantanalar majmuasi Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlaridan 5, Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlaridan 3 juftdan kelin-kuyovning baxt to‘ylariga mezbonlik qildi. To‘kin dasturxon atrofida yoshlarga baxt-iqbol, farovon turmush tilaklari bildirildi. 

Yoshlarga yotoqxona mebeli to‘plami, kir yuvish mashinasi, boshdan-oyoq sarpolari taqdim etildi. Kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomalari tantanali topshirildi. Viloyatning taniqli san’atkorlari yoshlar xizmatida bo‘ldi. 

Yangiqo‘rg‘ondagi bolalar va o‘smirlar musiqa maktabida tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Eng namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi 5 oila totuv turmush sirlari bilan o‘rtoqlashdi, turli shartlar bo‘yicha bellashdi.

Ularga tuman hokimligining faxriy yorliqlari taqdim etildi. “Kitobsevar oila”, “Sportchi oila”, “Ishbilarmon oila” kabi turli nominatsiyalarda homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют