» » “Taxtlar o‘yini” serialining spin-offlari beshtaga yetdi

“Taxtlar o‘yini” serialining spin-offlari beshtaga yetdi


“Taxtlar o‘yini” serialining spin-offlari soni beshtaga yetdi. Bu haqda yozuvchi Jorj Martin Livejournal’da ma’lum qildi. Ammo “Muz va olov qo‘shig‘i” muallifi bu loyihalarni “shouning davomchilari” deb atamoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Martinning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda HBO besh ssenariynavis bilan yangi g‘oyalarni ishlab chiqmoqda.

Yozuvchining qayd etishicha, unga “spin-off” termini yoqmaydi va yangi loyihalarga nisbatan ularni qo‘llab bo‘lmaydi.

Biz aytayotgan narsalar, bular men “Muz va olov qo‘shig‘i”da yaratgan dunyo va Vesterosdan tashqaridagi “ikkinchi darajali olam”da sodir bo‘ladigan yangi hodisalar.

Jorj Martin, yozuvchi

U yana ayni vaqtda muhokama qilinayotgan konsepsiyalar sikvel emas, prikvel bo‘lishi, ulardan ba’zilari umuman Vesterosda sodir bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

Yozuvchi HBO kanali bu seriallarning barchasini suratga olishiga shubha qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” serialining 7-fasli premyerasi 2017-yil 16-iyulga belgilangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют