» » Alisher Usmonovning “Dilbar”i dunyodagi eng yaxshi yaxtalardan biri deb tan olindi

Alisher Usmonovning “Dilbar”i dunyodagi eng yaxshi yaxtalardan biri deb tan olindi


Florensiyada (Italiya) World Superyacht Awards yillik premiyasi g‘oliblari e’lon qilindi. G‘oliblar orasida rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga tegishli Dilbar yaxtasi ham bor, deb xabar beradi Forbes.

15 917 tonna suv sig‘imiga ega yaxta dizel-elektrik kuch qurilmasiga ega bo‘lib, bu unga soatiga 42 kilometr tezlikda yurish imkonini beradi. Yaxta ichki xonalarining umumiy maydoni 3800 kvadrat metrni tashkil etadi.

Yana bir g‘olib kema — Sybaris yaxtasi Italiyaning Perini Navi kemasozlik korxonasida yaratilgan bo‘lib, uning qurilishiga to‘rt yil sarflangan. Yaxta egasi — amerikalik IT-magnat Bill Druker.

Legacy Award nominatsiyasida biznesmen, filantrop va suv ostida suzish ishqibozi Aleks Dreyfus g‘alaba qozondi. U kema korpusi uchun ishlab chiqqan loyiha dengiz kasalligining kelib chiqish ehtimolini kamaytiradi.

Eng jasoratli ekspeditsiya uchun beriladigan Voyager’s Award mukofoti Glaze yaxtasiga tegdi — u Avstraliya sohili bo‘ylab suzishni amalga oshirgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют