» » O‘zbekistonda Moskvada ishlash uchun ming nafar avtobus haydovchilari to‘planmoqda

O‘zbekistonda Moskvada ishlash uchun ming nafar avtobus haydovchilari to‘planmoqda


Moskvada “Mosgortrans”ga tegishli avtobuslar haydovchilari sifatida ishlash uchun O‘zbekistondan ming nafar odam to‘planmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.

“‘Mosgortrans’ kompaniyasida Moskva shahridagi yo‘nalishli avtobuslar haydovchisi lavozimi bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirishni istagan O‘zbekiston fuqarolari orasida tanlov o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tanlov agentlik tomonidan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi Rossiya mehnat migrantlariga huquqiy ko‘mak berish agentligi bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.

Nomzodlarga qo‘yilayotgan talablardan biri til bilish bilan bog‘liq: tanlovni o‘tishni istaganlar rus tilini yaxshi bilishi, shuningdek, mol-mulkka ehtiyotkor munosabatda bo‘lishi talab etiladi.

Shartnoma uch oylik sinov muddati hamda 43–63 ming rubl miqdoridagi maoshni nazarda tutadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют