» » Navoiy KMK: Qizilqumdagi Muruntov oltin koni zaxiralari 2130-yilgacha ruda qazib olish imkonini beradi

Navoiy KMK: Qizilqumdagi Muruntov oltin koni zaxiralari 2130-yilgacha ruda qazib olish imkonini beradi


Milliy matbuot markazida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari N. Jo‘libekov va boshqalar kombinat qudratli ishlab chiqarish obyektlari va infratuzilmasiga ega yirik korxonaga aylanganini ta’kidladi. Bugun kombinatda 60 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

2017–2026-yillarda kombinatni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilib, kelgusi o‘n yilda amalga oshiriladigan yirik loyihalar belgilab berildi. Unga muvofiq, 2026-yilgacha 3,063 milliard dollarlik 27 loyiha amalga oshiriladi. Natijada kombinatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 30 foizga ortib, 30 mingdan ortiq yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tadbirda yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, istiqboldagi rejalar yuzasidan hisobot beridli. Jumladan, ta’kidlanishicha, zaxirasi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadigan Muruntov oltin konini o‘zlashtirishning 5-bosqichi eng muhim loyihalardan hisoblanmoqda. AQShning Integro Group kompaniyasi tomonidan karyerning yangi geologik-matematik modeli yaratildi. Mazkur model asosida aniqlangan oltin zaxiralari 2130-yilgacha ruda qazib olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga atroflicha javob qaytarildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют