» » Deputatlar Beruniy tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini o‘rgandi

Deputatlar Beruniy tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini o‘rgandi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘rganish yakunlari Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, mahalliy hokimiyat boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilindi.

Qonunchilik palatasi deputatlari o‘n kun davomida tumanda bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qabul qilinayotgan qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim muassasalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Sessiyada tumanda erishilayotgan ijobiy natijalar bilan birga, ayrim kamchilik va muammolar borligi ta’kidlandi. Xususan, ba’zi sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermaydi, aholining dori vositalari bilan ta’minlanish darajasi past, ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmatini ham ko‘ngildagidek deb bo‘lmaydi. Malakali tibbiyot xodimlari yetishmaydi, qishloq vrachlik punktlarini dori-darmon va bog‘lov vositalari bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Keyingi yillarda tumanda jinoyatchilik holatlari o‘sayotgani, uning oldini olish borasidagi ishlar ham talab darajasida emasligi qayd etildi. Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va ularga tegishli ko‘mak berish borasida ichki resurs va imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yetarli sharoit yaratilmayapti.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasida ham xizmat ko‘rsatish sifati zamon talablari darajasida emasligi aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlar gaz, ichimlik suvi ta’minotida ham mavjud.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют