» » O‘zbekistonlik bolalar Turkmanistonda Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida dam olmoqda

O‘zbekistonlik bolalar Turkmanistonda Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida dam olmoqda


O‘zbekistonlik bir guruh bolalar — jami 100 ga yaqin kishi — Turkmanistonning “Avaza” Milliy sayyohlik zonasiga yozgi hordiq uchun yetib keldi, deb yozadi “Gazeta.uz” Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva rahbarligidagi delegatsiya Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifi bilan yetib keldi. Taklif O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan may oyi boshida bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida bildirilgan edi.

O‘shanda Turkmaniston yetakchisi Turkmanistondagi Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida ekologik toza hududlarda joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish markazlari, kottej majmualari va hashamatli mehmonxonalar o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarini ta’til uchun qabul qilishga tayyorligini aytgan edi.

Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpog‘istondan kelgan bolalarni “Dayanch” bolalar sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirishdi. Avaza mehmonlarini hordiq davomida kurort bo‘ylab ekskursiya, madaniy va sport tadbirlari, yengil atletika va suzish bo‘yicha musobaqalar, tanlovlar, adabiyot kechalari va safarlar kutmoqda.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Avazada 25-mayga qadar qoladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют