» » “Toshshahartransxizmat”ga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga vaqtinchalik rahbar tayinlandi


Toshkent shahar hokimining 12-maydagi qaroriga asosan Xosil Xusanovich Xalmatov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, deb yozadi UZ24.

“Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabariga ko‘ra, X.Xalmatov raisligida 13—14-may kunlari jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari va yo‘lovchi tashuvchi yo‘nalishlar sardorlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Yig‘ilishlarda “Toshshahartransxizmat” AJning asosiy vazifalari sifatida yo‘lovchi tashish transportida xavfsizlikni ta’minlash, yo‘nalishlarda avtobuslar muntazamligini ta’minlash, avtobuslarning ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlashini ta’minlash, nosoz avtobuslarni zudlik bilan ta’mirlash va ulardan yo‘lovchi tashishda samarali foydalanish, avtokorxonalardagi barcha ishchi-xodimlarning oylik maoshini oshirish, haydovchi va chiptachilarning yo‘lovchilarga bo‘lgan muomala madaniyatini yuksaltirish kabilar belgilab olindi.

Shuningdek, yo‘lovchilarning oylik yo‘l chiptasidan foydalanishlarini ommalashtirish, oylik yo‘l chiptalarining sotilishini ko‘paytirish maqsadida 10 minginchi oylik yo‘l chiptasi egasiga mikroto‘lqinli pech, 30 minginchiga – televizor, 50 minginchiga – muzlatgich, 100 minginchiga – “Matiz” avtomobili, 150 minginchiga – “Neksiya-3” avtomobili, 200 minginchiga – “Malibu” avtomobili, 300 minginchiga – “Kaptiva” avtomobili, 500 minginchiga – ko‘p qavatli uylardan 2 xonali xonadon yutuq sifatida berilishi bo‘yicha taklif ishlab chiqish topshirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют