» » Xitoylik milliarder Jek Madan hayot saboqlari

Xitoylik milliarder Jek Madan hayot saboqlari


Agar o‘z professional o‘sishingiz va moliyaviy ahvolingizdan qoniqmayotgan bo‘lsangiz, xitoylik milliarder Jek Maning sizga atalgan maslahatlari bor.

Ma – Alibaba Group’ni yaratgan va qiyinchiliklarga qaramasdan ko‘pmilliardli boylik orttirishga muvaffaq bo‘lgan xitoylik tadbirkor. Ish va moliyaviy hayotingizni boshqarishda Maning maslahatlaridan foydalanishga tayyormisiz?

Imkoniyatni faqat atrofingizdan axtarmang. O‘zingizning kasbiy va moliyaviy faoliyatingizning barcha ikir-chikirlarigacha ko‘rib chiqing.

Haddan tashqari kichkina yoki sizga to‘g‘ri kelmaydigan imkoniyat bo‘lmaydi. Birortasi sizga uchrab qolsa, uni qo‘ldan chiqarmang, undan foydalanishga butun kuchingizni ishga soling. Katta muvaffaqiyat kichkina mayda-chuydalardan iborat bo‘ladi.

Haqiqiy ahvolingizga va nimaga intilayotganingizga baho bering. Nimaga erishmoqchisiz? Nima uchun? Maqsadingizga yetish uchun sizga nimalar kerak?

Ba’zan haqiqiy poygada qatnashishga ham to‘g‘ri keladi. Muammo shundaki, jiddiy poyga — har doim ham hammadan oldinda yugurish emasligini ko‘pchilik tushunmaydi. Hatto birinchi qatorda yugurish ham muvaffaqiyat olib kelishi mumkin. Imkoniyatni ko‘rishingiz bilan ishga kirishing.

Hozirgi ahvolingiz qandayligi, qanday va qayerda o‘sganingiz yoki sizga qanday ma’lumot yetishmasligi muhim emas — har qanday vaziyatda ham o‘zingiz tanlagan faoliyat doirasida siz muvaffaqiyatga erisha olasiz. Ruhan kuchlilik, chidamlilik va bardosh — hammasidan muhim.

Maqsadingizga erishishga harakat qiling, diqqatingizni to‘plang, yo‘lingizni maqsadga qarating va boshqa tomonga burilmang.

Ma Alibaba Group’ni tashkil qilganda potensial investorlar bu loyihaning muvaffaqiyat qozonishiga unchalik ishonmagan edi. Lekin Jek qo‘rqmadi. Ba’zan maqsadga erishish uchun jasur bo‘lish lozim.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют