» » Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Bishkekning Pervomaysk sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti o‘g‘li Maksim Bakiyevni korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblab, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Qirg‘iston Oliy sudi matbuot xizmatiga ko‘ra, 12-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida Maksim Bakiyev, uning biznes-sherigi Valeriy Belokon va yana 6 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni ko‘rib chiqildi.

Bakiyev umrbod qamoq jazosi va 5 ming som (70 dollar) miqdoridagi jarimaga hukm qilindi, mol-mulki musodara etilib, 3 yil muddatga davlat lavozimlarini egallashdan mahrum qilindi.

Shu tariqa Pervomaysk sudining 2016-yil 21-sentabrdagi hukmi o‘z kuchida qoldirildi.

Ma’lumot uchun, Maksim Bakiyev xalqaro qidiruvda bo‘lib, ayni paytda Londonda istiqomat qilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют