» » Antonio Konte bir urinishda Joze Mourinyoning 12 yillik rekordini takrorladi

Antonio Konte bir urinishda Joze Mourinyoning 12 yillik rekordini takrorladi


Angliya chempionati 28-tur qoldirilgan o‘yinida mamlakat chempioni sifatida “Uotford”ni o‘z maydonida qabul qilgan “Chelsi” 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur o‘yindan keyin Antonio Konte jamoasi mavsumdagi g‘alabalar sonini 29 taga yetkazib, birinchi marta 2004/05-yilgi mavsumda, ikkinchi marta 2005/06-yilgi mavsumda Joze Mourinyo tomonidan qayd etilgan natijani takrorladi. 29 g‘alabadan tashqari bu mavsumda London klubi 3 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Ayni vaqtda “Chelsi” hisobida 90 ochko mavjud.

Antonio Konte bosh murabbiyligidagi “Chelsi” APL so‘nggi turida chempionat autsayderi, bir necha tur avval Chempionshipga ravona bo‘lishi ma’lum bo‘lgan “Sanderlend” bilan bahs yuritadi. Italiyalik mutaxassisda Joze Mourinyo rekordini yangilash uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

Mavzuga doir. Zaxirada qolib ketgan sardor: Jon Terri 22 yillik faoliyatidan so‘ng “Chelsi”dan ketishini ma’lum qildi

Angliya Premyer-ligasi
28-turning qoldirilgan o‘yini 
16-may, seshanba

Gollar: Jon Terri, 22 (1:0). Kapu, 24 (1:1). Sezar Aspilikueta, 36 (2:1). Mishi Batshuayi 49, (3:1). Deril Yanmaat, 51 (3:2). Okaka-Chuka, 74 (3:3). Sesk Fabregas, 88 (4:3).

Chetlatish: Pryodl, 90 (U)

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют