» » WannaCry virusi jabrdiydalari hozirga qadar 70 ming dollar garov puli to‘ladi

WannaCry virusi jabrdiydalari hozirga qadar 70 ming dollar garov puli to‘ladi


Ayni vaqtga qadar WannaCry kiberhujumiga uchragan jabrlanuvchilar umumiy miqdorda 70 ming dollar garov puli to‘lagan. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Tom Bossert ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Shu bilan birga garov pulini to‘lagan birorta shaxsning kompyuteri qayta ishga tushganligi haqida holat qayd etilmagan. Vashingtonning ma’lumotlariga ko‘ra, 150 davlatdagi 300 mingdan ortiq kompyuter kiberhujum qurboniga aylangan.

AQSh federal kompyuterlar tizimiga esa hech qanday zarar yetmagan.

Axborotni shifrlab, u uchun pul so‘raydigan WanaCryptor 2.0 virusi 12-maydan boshlab tez tarqala boshlagan edi.

Dasturdan jabr ko‘rganlar orasida nemis temir yo‘llari konserni komyuterlar tizimi Deutsche Bahn, ispan telekommunikatsiya tizim Telefonica mavjud. Renault fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Fransiya va Sloveniyadagi ayrim zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

WannaCry virusi 15-may kuni Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya kompyuter tizimlariga ham tarqalgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют