» » Rossiyalik “gastrolyor” Toshkentda qo‘lga olindi

Rossiyalik “gastrolyor” Toshkentda qo‘lga olindi


Noma’lum shaxslar Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko‘chasida shu tumanda yashovchi ayol va uning jiyani yo‘lini to‘sib, ayol bo‘ynida bo‘lgan tilla zanjirni yulib olish uchun pichoq bilan qo‘rqitgan. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.

Tilla zanjirni yulib ololmagach, uning yelkasidagi ichida iPhone 6S smartfoni bo‘lgan ayollar sumkasini yulib olib, voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchiga jami 4.550.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida mazkur jinoyatni 1983-yilda Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Aleksey Latipov va uning sherigi, 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Shayxontohur tumanida yashovchi Marat Murtazin VAZ-2101 rusumli, davlat raqami 01 X 056 YA bo‘lgan mashinada sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ular bilan Toshkent shahrida sodir etilib, ochilmay qolgan boshqa jinoyatlar yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют