» » Gretsiyada dengizchilar va jurnalistlar ish tashlashi boshlandi

Gretsiyada dengizchilar va jurnalistlar ish tashlashi boshlandi


Gretsiyada dengizchilar va jurnalistlar 16-may, seshanba kuni 48 soatli ommaviy ish tashlashni boshladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Aksiya tufayli butun mamlakat bo‘ylab grek orollari o‘rtasidagi parom qatnovi to‘xtatiladi. Jurnalistlar sutka davomida yangiliklarni efirga uzatmaydi.

Tornos News portaliga ko‘ra, aksiyaga aviadispetcherlar ham qo‘shildi. Ular 17—18-may kunlari 4 soatli ish tashlash o‘tkazadi, bu payt aviaqatnovlarda tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, ushbu kunlarda boshqa jamoat transporti (avtobus, trolleybus, poyezd) xodimlari ham qo‘shiladi.

Aksiya ishtirokchilari hukumatning xalqaro kreditorlar bilan iqtisodiy choralar bo‘yicha yangi kelishuviga norozilik bildirmoqda. Unga binoan, Gretsiya pensiya xarajatlarini qisqartirish hisobiga 2019-yil budjetida yalpi ichki mahsulotning 1 foizi atrofida iqtisodga erishishi lozim. 2020-yilda ham bu ko‘rsatkich takrorlanishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют