» » Germaniyadagi zavodda millioninchi Porsche 911 konveyerdan chiqdi

Germaniyadagi zavodda millioninchi Porsche 911 konveyerdan chiqdi


Germaniyadagi Suffenxauzen zavodida Porsche 911 sport avtomobilining millioninchi nusxasi konveyerdan chiqdi. Bu haqda Luxurylaunches ma’lum qildi.

Maxsus modifikatsiyali avtomobil ustida Porsche Exclusive bo‘linmasi mutaxassislari ish olib bordi. Mashina kuzovi yashil rangga bo‘yaldi, salon tabiiy teri va konstruktor Ferdinand Porshega tegishli mashinadagi kabi to‘rli mato bilan jihozlandi. Rulga qizil yog‘ochda ishlov berilgan, priborlar paneliga esa tartib raqami qo‘yilgan maxsus yorliq o‘rnatilgan.

Avtomobil 414 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan Carrera S kupesi bazasida yaratildi, soatiga 100 kilometr tezlikka 4 soniyada chiqadi.

Porsche 911 avtomobili 1964-yildan beri ishlab chiqariladi. 911 indeksi dastlab modelning turli avlodlarini doimiy tarzda belgilash uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa ham, birinchi avtomobilning tijoriy muvaffaqiyatidan so‘ng nomdagi raqamni qoldirishga qaror qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют