» » O‘zbekiston va Pokiston Prezidentlari bir-birini tabrikladi

O‘zbekiston va Pokiston Prezidentlari bir-birini tabrikladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z qutlovida o‘tgan chorak asr mobaynida ikki tomonlama aloqalarimiz do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida kengayib borganini mamnuniyat bilan ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev “birgalikdagi amaliy harakatlarimiz va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bilan hamkorligimiz yanada chuqurlashib, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi tobora mustahkamlanib boraveradi”, deb ishonch bildirgan.

Prezident Mamnun Husayn Pokiston hukumati va xalqi nomidan ushbu sana munosabati bilan samimiy tilaklar bildirib, “mamlakatlarimizni yaqin tarixiy, diniy va madaniy rishtalar bog‘lab turishi”ni ta’kidlagan.

Qutlovda Pokiston O‘zbekiston bilan turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekani qayd etilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют