» » Daniya sudi 17 yoshli qizni terakt tayyorlashda aybdor deb topdi

Daniya sudi 17 yoshli qizni terakt tayyorlashda aybdor deb topdi


Daniyaning Xolbek shahri sudi 17 yoshli qizni ikkita teraktni tayyorlashda aybdor deb topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Terrorchilarga yordam berishda gumondor qiz 2016-yilning yanvarida ushlangan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 2015-yili Turkiyada islom diniga o‘tib, IShID tarkibiga qo‘shilishga uringan. Terrorchilar, o‘z navbatida, undan qo‘poruvchilik harakatlari tayyorlashda foydalanishga uringan.

Sud hozircha qiz necha yilga qamalishini aniqlashtirmadi. Ayblovchilar qizni noma’lum darajada uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘ramoqda, negaki, ularning fikricha, o‘smir qiz jamiyat uchun ulkan tahdid tug‘diradi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют