» » Daniyalik mashhur me’mor Toshkentga tashrif buyurdi

Daniyalik mashhur me’mor Toshkentga tashrif buyurdi


Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra O‘zbekistonga xalqaro miqyosda mashhur me’mor Yan Geyl tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Dasturga ko‘ra shahar jamoat maydonlarini loyihalashtirish va shahardagi muhitni yaxshilash masalalari bo‘yicha tan olingan ekspert Yan Geyl Toshkent shahri me’morchiligini ko‘zdan kechirishi va o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashishi, Simpoziumlar saroyida “Zamonaviy jahon me’morchiligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazishi belgilangan. Shuningdek, u Samarqandga tashrif buyurib, shahardagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishadi.

Yan Geylning 50 yillik tadqiqotlari natijasida mavjud shahar va hududlarda maftunkor, gavjum va aholi uchun sog‘lom jamoat hududini yaratish imkoniyati yuzaga kelgan. Professor Nyu-York, Kopengagen, Sidney, London, Melburn kabi yirik shaharlarning obodonchiligiga ko‘cha va jamoat joylarini loyihalashga qo‘shgan hissasi uchun ko‘plab mukofotlar sohibi bo‘lgan. 1971-yilda Yan Geylning “Binolar orasidagi hayot” nomli kitobi chop etilgan. Geyl shaharning shakl-shamoyilini yaxshilashga oqilona va sodda yondashuv: shahar maydonlarini tizimli hujjatlashtirish, bosqichma-bosqich yaxshilash va yana hujjatlashtirish tarafdoridir. U o‘zining “Jamoat joylari. Jamoat hayoti” kitobida Kopengagen 40 yil ichida avtoulov shahridan piyodalar shahriga aylanganini bayon qilgan. Kopengagendagi Stryoget piyodalar ko‘chasi Geylning mehnati natijasi bo‘lib, Yevropadagi eng uzun savdo piyoda zonasi hisoblanadi.

2007-yilda Nyu-Yorkning Transport departamenti Yan Geyl bilan hamkorlikda piyodalar va velosipedistlar uchun qulayliklar yaratish borasida faoliyat olib borgan.

Geyl Nyu-York, London va Moskva shaharlarida jamoat joylarini aholi uchun qulaylashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini ishlab chiqqan.

2015-yilda Yan Geylni shahar ma’muriyati Olmaota shahrining qiyofasini tubdan o‘zgartirish uchun taklif qilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют