» » Toshkentda avtobuslar tungi soat 00:00 gacha yurishi mumkin

Toshkentda avtobuslar tungi soat 00:00 gacha yurishi mumkin


“Toshshahartransxizmat” AJning yangi rahbariyati 13–14-may kunlari poytaxt avtobus parklari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida ularning oldiga qator vazifalar qo‘ydi, deb xabar beradi AJ matbuot xizmati.

“X. Xalmatov raisligida 2017-yilning 13 va 14-may kunlari jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari va yo‘lovchi tashuvchi yo‘nalishlar sardorlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishlar o‘tkazildi, — deyiladi xabarnomada.

Qo‘yilgan vazifalardan biri aholidan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlardan kelib chiqib, avtobuslarning tasdiqlangan ish rejimi va tasdiqlangan jadval bo‘yicha, ya’ni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 00:00 gacha ishlashini ta’minlash bo‘ldi.

Bundan tashqari, galdagi vazifalar sifatida quyidagilar belgilab olindi:

yo‘lovchi tashish transportida xavfsizlikni ta’minlash;

aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish;

yo‘nalishlarda avtobuslar muntazamligini ta’minlash;

nosoz avtobuslarni zudlik bilan ta’mirlash va ulardan yo‘lovchi tashishda samarali foydalanish;

avtokorxonalardagi barcha ishchi-xodimlarning, shu jumladan, farrosh, chilangar, haydovchilar va chiptachilarning oylik maoshini oshirish va ularni mehnatiga qarab munosib rag‘batlantirishni ta’minlash;

haydovchi va chiptachilarning yo‘lovchilarga bo‘lgan muomala madaniyatini yuksaltirish;

haydovchilarga qulay mehnat sharoitini yaratish, ularga eng qulay va sifatli materiallardan kiyim-bosh tiktirish.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют