» » Turkiya bosh vaziri: Germaniya Anqara va isyonchilardan bir tomonni tanlashi lozim

Turkiya bosh vaziri: Germaniya Anqara va isyonchilardan bir tomonni tanlashi lozim


Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Germaniya rasmiylari Anqara bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda harbiy isyon aybdorlarini himoya qilish yo‘llaridan birini tanlashi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. 2016-yil 16-iyulga o‘tar kechasi uyushtirilgan harbiy isyonda rasmiy Anqara diniy arbob va muxolif siyosatchi Fathulloh Gulenni ayblamoqda, deb eslatadi “TASS”.

“Agar Germaniya Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilashni istasa, u yuzini ayirmachilar va FЕTO a’zolariga emas, Turkiya Respublikasiga qaratishi lozim”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.

“Germaniyaning putch ishtirokchilariga boshpana berish qarori munosabatlarimizning yanada yomonlashuviga olib keluvchi voqealar rivojidir”, — qo‘shimcha qildi Yildirim.

8-may kuni Berlin siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan bir qancha harbiy isyonchilarning talabini qondirgani ma’lum bo‘ldi. Bu fakt rasmiy Anqaraning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют