» » Ukraina prezidenti “Odnoklassniki” va “VKontakte”ni rasman tark etdi

Ukraina prezidenti “Odnoklassniki” va “VKontakte”ni rasman tark etdi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning “Odnoklassniki” va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarini yopishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat rahbari “VKontakte”dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Poroshenkoning so‘zlariga qaraganda, uning jamoasi Rossiyaning ayrim ijtimoiy tarmoqlaridan Moskva tomonidan olib borilayotgan gibrid urushga qarshilik ko‘rsatish uchun foydalanib kelayotgan edi.

“Ammo Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab keng miqyosli kiberhujumlari, shu jumladan, Fransiyadagi saylov kampaniyasiga bo‘lgan aralashuv boshqacharoq, qat’iyroq harakat qilish payti kelganini ko‘rsatdi”, — dedi u va tilga olingan ijtimoiy tarmoqlardagi barcha rasmiy akkauntlar yopilishini aytib o‘tdi.

Bir muddat ilgari Ukrainada “Yandeks”, “Odnoklassniki” va “VKontakte” resurslari bloklangani xabar qilingan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют