» » Ozbekiston havo yollari Dreamlinerda ToshkentRigaNyu-YorkToshkent yonalishida ilk parvozni amalga oshiradi

Ozbekiston havo yollari Dreamlinerda ToshkentRigaNyu-YorkToshkent yonalishida ilk parvozni amalga oshiradi


Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi 18-may, payshanba kuni ToshkentRigaNyu-YorkToshkent yonalishida Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk parvozni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Boeing 787 samolyotlarining mazkur yonalishda ekspluatatsiya qilinishi yolovchilarga Rigaga 20-30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa bir soat oldin yetib borish imkonini beradi.

246 ta (bundan 24 ta biznes va 222 ta ekonom klass) orindiqqa moljallangan Dreamliner saloni dizayniga yangicha yondashuv yolovchilariga uzoq parvoz davomida barcha sharoitlarni yaratadi. Qulay va keng orindiqlar, har bir yolovchi uchun alohida monitorlar, havoni namlantiruvchi maxsus uskuna, yangi sahn qoplamalari, yoritish va shovqin otkazmaydigan tizimlar yolovchilarning parvozlarini maroqli otkazishiga imkon beradi.

Eslatib otamiz, Ozbekiston havo yollari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini otgan yilning sentabr oyidan boshlagandi. Bugungi kunda ular orqali Dubay, Istambul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga qatnovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Shu yil 27-iyulida esa milliy aviatashuvchi ilk bor orzu laynerida Toshkentdan Nyu-Yorkka togridan-togri uzluksiz parvozni bajaradi. Shuningdek, milliy aviakompaniya Riga orqali AQShga haftasiga bir martalik qatnovlarni saqlab qoladi.

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (17-05-2017, 07:43)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
:
-
:
20 ... -