» » Dunyodagi eng ifloslangan joy aniqlandi

Dunyodagi eng ifloslangan joy aniqlandi


Tinch okeanidagi odam yashamaydigan Xenderson kichik oroli sayyoradagi eng ifloslangan joy deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” AQSh Milliy fanlar akademiyasiga tayanib xabar berdi.

Tasmaniya universiteti va Buyuk Britaniya Qushlarni himoya qilish qirollik jamiyati bilan birgalikda tayyorlangan ma’ruzaga ko‘ra, Yangi Zelandiya va Lotin Amerikasi qurg‘oqlari oralig‘ida joylashgan Xenderson orolida bir kvadrat metrga to‘g‘ri keladigan axlat zichligi eng yuqori bo‘lib chiqqan. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ifloslanish zichligi har bir kvadrat metr uchun 671 ta obyektni tashkil qiladi. Orolning maydoni 4,3 gektarga teng.

Tadqiqotchilar aniqlashicha, orolga tushib qolgan obyektlarning umumiy soni 37,7 milliontani tashkil etadi, axlatning umumiy og‘irligi 17,6 tonnaga teng. Shu bilan birga, 10 metr kenglikdagi plyajga har kuni o‘rtacha 27 ta yangi obyekt kelib qoladi.

Ma’ruza mualliflari qayd etishicha, ushbu vaziyatga o‘tgan asrning ikkinchi yarmida plastik ishlab chiqarish keskin o‘sgani sababchi bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют