» » Kimoshdi savdosida brilliant ziraklar rekord darajadagi 57 mln dollarga sotildi

Kimoshdi savdosida brilliant ziraklar rekord darajadagi 57 mln dollarga sotildi


Jenevadagi Sotheby’s auksionida har biri qariyb 16 karatlik bir juft brilliant zirak 57,4 million dollarga sotildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ammo to‘langan summa dastlabki narxlardan ancha kam bo‘lib chiqdi: lotdan 70 million dollar daromad qilish kutilayotgan edi.

Ta’kidlanishicha, ikkala tosh ham Janubiy Afrika Respublikasidagi konlarda qazib olingan va har qanday qusurlardan xoli bo‘lgan.

Ziraklar “Apollon va Artemida” deb nom oldi. Ular toshlar rangini hisobga olmaganda, bir xil — “Artemida” brillianti pushti bo‘lsa, “Apollon” — havorang. “Artemida” toshi 15,5 million dollarga, “Apollon” esa — 42,5 million dollarga sotildi.

Narxlardagi farq shu bilan izohlanadiki, havorang brilliantlar pushtilariga qaraganida kamroq uchraydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют